
Anchelotti Yovich qachon "Real"ning asosiy tarkibida maydonga tushishini aytdi
"Real" bosh murabbiyi Karlo Anchelotti serbiyalik hujumchi Luka Yovich qachon asosiy tarkibda maydonga tushishi mumkinligini aytdi.
"Karim shunchaki ajoyib ko‘rinmoqda. Uning hisobida sakkizta gol bor, lekin uning jamoadagi o‘yinini ham unutmang. U har doim sheriklarga yordam beradi.
Benzema dam olishi kerak bo‘lgandagina Yovichga imkoniyat beriladi. Men Lukadan mamnunman, u mashg‘ulotlarda faol qatnashadi. "Malorka" bilan o‘yinda unda imkoniyatlar bo‘lgan edi", - dedi italiyalik mutaxassis klub matbuot xizmatiga bergan intervyusida.
“Real” ayni damda 16 ochko bilan La Liga musobaqa jadvalida peshqadamlik qilmoqda.
Fikrlar