Anchelotti Vinisiusni tanqid qilganlarga javob qaytardi

  • 13 sentabr, 2024, 22:36
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Real” bosh murabbiyi Karlo Anchelotti Vinisius Juniorga bo‘lgan tanqidlar haqida gapirdi. Ko‘plab muxlislar Vinini Braziliya terma jamoasi safida “qirollik klubi”dagidek yaxshi o‘ynay olmayotganiga qattiq g‘azabda.

Tecno

- Bu faqatgina Vinisiusning muammosi emas. Ko‘rinib turibdiki, bu umumiy muammo. Braziliya o‘zining eng yaxshi versiyasini ko‘rsata olmayapti. To‘g‘ri, Junior hali yaxshi formada emas. Lekin, biz uning katta hissasini deb 2 ta Chempionlar ligasini qo‘lga kiritganimizni esdan chiqarmaslik kerak,- dedi “qirollik klubi” ustozi matbuot anjumanida.

Eslatib o‘tamiz, madridliklar 14-sentyabr kuni “Real Sosedad”ga qarshi maydonga tushadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!