
Anchelotti: Vini va Rodrigo qanotidan hujumlar uyushtirishni rejalashtirgandik, keyin esa sabr kosamiz to‘ldi
"Real Madrid" bosh murabbiyi Karlo Anchelotti "Atletiko"ga qarshi o‘yinni sarhisob qildi.
Chempionlar ligasi 1/8 finalining ilk bahsida "qaymoqranglilar" 2:1 hisobida zafar quchdi.
— Odatdagidek "Atletiko"ga qarshi o‘ynash mushkul. Bu normal holat. Biz uchrashuvni yaxshi boshladik, keyin esa Xulian super gol urdi. Ikkinchi bo‘lim yaxshiroq o‘tdi. Maqsadimiz hisobda kichik ustunliki ta’minlash edi va bunga erishdik.
— Dastlab, Vinisius va Rodrigo qanotlari orqali o‘ynashni reja qilgandik. Birinchi hujum ish berdi, ammo keyingilarida sabr kosamiz to‘ldi. Biz bir xil tempda o‘ynab, raqibni o‘z yarim maydonida ushlab turishimiz kerak edi.
— Jamoa astoydil harakat qildi, yaxshi himoyalandi. "Atletiko" ba’zan o‘yinni nazorat qildi, ammo ko‘p vaziyatlar yarata olmadi.
Fikrlar