
Anchelotti: "Valverde 30 ta gol urishi kerak"
Karlo Anchelotti Federiko Valverdening rivojlanishi haqida gapirdi.
- Valverde bilan yana gollar soni bo‘yicha bahslashishni rejalashtirayapsizmi?
- Men unga bir mavsumda 30 ta gol urishini aytdim. Yo‘q, bu albatta hazil.
U takomillashmoqda, rivojlanmoqda. Valverde mas’uliyatni ham o‘z bo‘yniga oladi. Bu jiddiy va motivatsion muhit yaratadi, - dedi "Real" bosh murabbiyi.
Eslatib o‘tamiz, 2022 yilning sentyabrida Anchelotti, agar Valverde mavsum davomida kamida 10 ta gol urmasa, murabbiylik litsenziyasini yirtib tashlashga va’da bergandi. 2022/23 yilgi mavsum yakunida yarim himoyachi barcha musobaqalarda 12 ta gol urdi.
Fikrlar