
Anchelotti to‘polonchi shogirdining holati haqida fikr bildirdi
Karlo Anchelottining fikricha, Aleks Baena bilan mojaro Fede Valverdening o‘yiniga ta’sir qilmaydi.
La Liga doirasidagi "Vilyarreal"ga qarshi o‘yindan so‘ng Valverde Baenani stadiondan chiqish joyida kutib, uning yuziga zarba bergan. Keyinchalik Aleks politsiyaga murojaat qilgan. Qayd etilishicha, Baena uchrashuv paytida Valverdening oilasi haqida haqoratomus so‘zlar aytgan. Shunday bo‘lsa-da, hozircha hech qanday video dalil topilmadi.
"Men uning sog‘lom hamda g‘ayratli ekanligini bilaman. U yaxshi mashq qilmoqda. Fededa ajoyib insoniy fazilatlar mavjud.
Nima bo‘lganiga (Baena bilan) izoh berishni xohlamayman. Ishonchim komilki, u har doimgidek o‘yinda bor kuchini beradi", - dedi "qaymoqranglilar" ustozi.
Fikrlar