
Anchelotti sakkiz marta offsaydga tushgan Mbappe haqida nima dedi?
Ispaniya chempionatining 11-turida “Real” futbolchilari ashaddiy raqib – “Barselona”ni qabul qilib, yirik 0:4 hisobida alamli mag‘lubiyatga uchradi.
Madridliklarning eng mashhur hujumchisi Kilian Mbappe sakkiz marotaba offsaydga tushib, antirekord qayd etdi.
Karlo Anchelotti bu vaziyatga quyidagicha izoh berdi.
- “Barselona” yuqori chiziqli himoya qo‘llashi oldindan ma’lum edi. Lekin biz bundan foydalana olmadik.
Kilian Mbappeda gol urish uchun vaziyatlar bo‘ldi, ba’zan u o‘yindan tashqari holatda qolib ketdi.
Lekin frantsiyalik hujumchida kamida uch-to‘rtta qulay vaziyat bo‘lgandi, bu holatda unga omad etishmadi xolos, - dedi Karlo Anchelotti.
Fikrlar