Anchelotti Ronalduni maqtadi

  • 4 fevral, 21:04
  • Jahongir Inomjonov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Krishtianu Ronaldu so‘nggi intervyusida o‘zini tarixdagi eng etuk futbolchi deb hisoblashini tan oldi. Bu haqda "Real" bosh murabbiyi Karlo Anchelotti izoh berdi.

- Men uchun Ronaldu butun bir davrni anglatadi. U murabbiylar o‘rindig‘ida o‘zimni xotirjamroq his qilishimni boshqalardan ko‘ra ko‘proq xohlar edi, - dedi Anchelotti "Leganes"ga qarsi bahs oldi matbuot anjumanida.

Krishtianu Ronaldu 2009-2018 yillarda "Real Madrid"da to‘p tepgan. Hozirda portugaliyalik hujumchi Saudiya Arabistonining "An-Nasr"da o‘ynamoqda va muntazam ravishda gol urmoqda.

Ronalduning amaldagi shartnomasi yozgacha mo‘ljallangan. 5 fevral, chorshanba kuni Ronalduning 40 yilligi nishonlanadi.

Tecno

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!