Anchelotti "Roma"ga nisbatan nonko‘rlik qildi

  • 28 aprel, 2022, 09:25
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Italiyalik mashhur murabbiy Karlo Anchelotti “Roma”ni unutayotgandek.

Tecno

Ayni damda "Real"ning boshqarayotgan "Roma"ning sobiq yarim himoyachisi ispan teleko‘rsatuvlaridan birida shunday dedi: "Men universitet darajasida futbol o‘qituvchisi bo‘lishni xohlayman. Murabbiylikni tugatsam, boshqa ishlar bilan shug‘ullanmoqchiman. Beshta nabiram bor, men ikkinchi marta uylandim va biz hali birga ko‘p narsalar qilganimiz yo‘q. Men  vaqtimni xotinimga bag‘ishlamoqchiman va u bilan hayotdan zavqlanmoqchiman. Murabbiylik faoliyatimni yakunlaganimdan keyin esa "Milan" va "Real" muxlislari bo‘lib qolaman.

Ta’kidlash kerakki, Karlo Anchelotti 1979 yildan 1987 yilgacha "Roma" safida o‘ynagan va u bu haqda gapirmadi.

U suhbat davomida qisqa muddat ishlagan “Napoli”ni ham unutmadi va shunday dedi: "Neapol - ta’tilga chiqish uchun dunyodagi eng go‘zal shahar".

"Yuventus"dagi salbiy tajriba haqida u shunday dedi: "Meni "Milan"da o‘ynaganim uchun yomon ko‘rishardi. Ba’zida men politsiyaning panohida ketardim. Biz chempionlikni qo‘lga kirita olmadik, ikki marta ikkinchi bo‘ldik. Tajriba yaxshi chiqmagan edi".

roma_9

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!