
Anchelotti “Real”ning transfer sirlarini ochib qo‘ydi
“Real” bosh murabbiyi Karlo Anchelotti klub yozda katta transferlarni amalga oshirmoqchi ekanini oshkor qildi.
- “Real”da katta rejalar bor. Stadion 2022 yilning oxiriga tayyor bo‘ladi. Yozda Florentino Peresning transferlar bo‘yicha mo‘ljali bor. Klub meni qaytarganidan mamnunman. Mbappe va Xoland kelishi haqida so‘rashyapti. Bu haqida keyinroq gaplashamiz, - dedi Karlo Anchelotti.
“Qirollik klubi” yozda birinchi bo‘lib Kilian Mbappeni olib kelmoqchi. Frantsiyalik futbolchi madridliklarga qo‘shilishni istamoqda va PSJning so‘nggi taklifini ham rad etdi.
Anchelotti hujum chizig‘ida Erling Xoland va Kilian Mbappeni birga o‘ynatishni orzu qilayotgani haqida ham xabarlar tarqalyapti.
Fikrlar