Anchelotti “Real”ni kuchaytiradigan o‘yinchi topdi

  • 24 aprel, 2022, 23:17
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Real” bosh murabbiyi Karlo Anchelotti klub mutasaddilaridan yozgi transferlar vaqtida “Borussiya” yarim himoyachisi Jud Bellingemni transfer qilishni so‘ramoqda.

Tecno

Italiyalik mutaxassis angliyalik futbolchi yosh bo‘lishiga qaramay, maydon markazida “Real”ning ustunligini ta’minlab berishiga ishonmoqda.

Transfermarkt portali ma’lumotiga ko‘ra, dortmundliklar o‘z futbolchisini 75 million evroga baholamoqda. Uning amaldagi shartnomasi yana uch yil davom etadi.

18 yoshli Bellingem joriy mavsumda “Borussiya” safida 41 ta uchrashuvda maydonga tushib, raqiblar darvozasini olti marotaba ishg‘ol qildi va jamoadoshlarining 13 ta goliga hammuallif bo‘ldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!