
Anchelotti "Real"ga Keynning kelishi haqida gapirdi
"Real" Madrid bosh murabbiyi Karlo Anchelotti "Tottenxem" hujumchisi Xarri Keyn haqida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
"Xarri Keyn - top darajadagi futbolchi. Ammo u hozir "Tottenxem" vakili va biz London klubini hurmat qilishimiz kerak.
Sizga aniq ayta olamanki, kelasi mavsum "Real"da raqobatbardosh tarkib mavjud bo‘ladi. Biroq kimlar ketishi yoki qolishi haqida batafsil gapira olmayman", - dedi italiyalik mutaxassis.
Eslatib o‘tamiz, agar Karim Benzema "qirollik klubi"ni tark etsa, uning o‘rniga madridliklar rahbariyati Keynni sotib olishi haqida xabarlar tarqalgandi.
Fikrlar