Anchelotti Neymarni jahon chempionatiga chaqirmaydi
Braziliya terma jamoasi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti katta ehtimol bilan 33 yoshli Neymarni 2026 yilgi jahon chempionatida qatnashadigan o‘yinchilar ro‘yxatiga kiritmaydi.
- Oxirgi paytda Neymar bilan muloqot qilayotganim yo‘q. Qachon tiklanishi va shundan keyin qanday o‘yin namoyish qilishini ko‘rishimiz kerak.
Jahon chempionati uchun bizga juda yuqori darajadagi jismoniy tayyorgarlikka ega o‘yinchilar kerak. Men bitta yoki ikkita uchrashuvda intensivlikni ta’minlay olmagan futbolchini maydonga tushirishim mumkin. Ammo butun jahon chempionati davomida intensiv harakatlana olmaydiganini terma jamoaga olmayman.
Biz uchun har bir futbolchi o‘zining eng yuqori darajasida bo‘lishi juda muhim ahamiyat kasb etadi, - dedi Karlo Anchelotti.
Neymar navbatdagi jarohatidan keyin yana maydonga qaytdi. “Fortaleza” jamoasiga qarshi uchrashuvda tajribali hujumchi atigi 24 daqiqa o‘ynadi.
Mutaxassislarning ta’kidlashicha, Neymarning keyingi paytdagi jismoniy holati Karlo Anchelottini qoniqtirmayapti va shu bois, mashhur yulduz italiyalik mutaxassisdan taklif olgani yo‘q.



Fikrlar