Anchelotti: "Neymarda 6 oy vaqt bor!"
Braziliya terma jamoasi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti Neymarning 2026 yilgi Jahon chempionatiga borishi mumkinligi haqida fikr bildirdi.
"Neymar jarohatidan tuzaldi va endi formaga qaytishi uchun olti oy vaqti bor. Braziliyadagi turnir tugagach, u biroz dam oladi va keyin turnirlar qayta boshlanganida jismoniy tayyorgarligini namoyish etadi", dedi Anchelotti.
Ma’lumot uchun, Neymar Braziliya terma jamoasi safida 128 ta o‘yinda 79 ta gol urgan va 59 ta golli uzatmani amalga oshirgan. 3 yoshli hujumchi anchadan beri "pentakampeonlar" yig‘iniga chaqiruv olmadi.



Fikrlar