
Anchelotti nega 2013 yilda PSJdan ketganini ochiq aytdi
"Real" bosh murabbiyi Karlo Anchelotti nima uchun 2013 yilda PSJni tark etishga qaror qilganini aytdi.
"PSJni boshqarishimga o‘z vaqtida mening qo‘limda o‘ynagan Leonardo menga yordam berdi. Qatarliklar endigina klubni sotib olgan edi. Bu loyiha meni qiziqtirib qo‘ydi. Mashg‘ulotlar, ovqatlanish va yana boshqa tartiblarni o‘zgartirdik,. Lekin ikkinchi mavsumda rahbariyat menga da’vo qila boshladi. Agar Chempionlar ligasida "Portu"ga yutqazsam, ishdan bo‘shatishimni aytishdi, shuning uchun fevral oyidayoq ketishga qaror qildim, garchi menga yangi shartnoma taklif qilishgan bo‘lsa-da", - dedi Anchelotti.
Anchelotti boshchiligida PSJ 2012/2013 yilgi mavsumda Frantsiya chempioniga aylangan.
Fikrlar