Anchelotti Mbappe haqida: “Hali tashvishlanishga erta”

  • 28 avgust, 2024, 16:27
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Karlo Anchelotti Kilian Mbappening La Ligada gol ura olmaganidan xavotirda emas.

Tecno

Frantsiyalik hujumchi chempionatning dastlabki ikki turida “Malorka” va “Valyadolid”ga qarshi o‘yinlarda samarali natija ko‘rsata olmadi. 

- Mbappe hali ham moslashayaptimi?

- Va u muvaffaqiyatga erishmoqda. Kilian kamtarlik bilan o‘z ustida ishlayapti. Uning jamoaga moslashuvi yaxshi ketmoqda.

-Birorta ham gol urmagan holda u o‘zini qanday his qilmoqda?

- U oxirgi marta 14 avgust kuni gol urgan ("Atalanta" bilan Evropa Superkubogi uchun o‘yinda). Faqat ikki hafta o‘tdi.

Hali tashvishlanishga erta - biz uchun ham, uning o‘zi uchun ham. Mbappe gol urishni xohlaydi,-dedi "Real" bosh murabbiyi "Las-Palmas" bilan o‘yin oldidan matbuot anjumanida.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!