
Anchelotti ikki futbolchini “Real”dan haydayapti
“Real” bosh murabbiyi Karlo Anchelotti klub rahbariyatiga murojaat qilib, ikki nafar futbolchini jamoadan ketkazishni so‘radi, deb xabar bermoqda Ispaniyaning mashhur AS nashri.
Manbaning ta’kidlanishicha, italiyalik mutaxassis kelasi mavsum himoyachi Alvaro Odrioola va darvozabn Andrey Lunin bilan hamkorlik qilishni istamayapti. Bosh murabbiy bu futbolchilarni transferga qo‘yishni talab qilyapti.
Har ikki futbolchining amaldagi shartnomasi kelasi yil yozgacha tuzilgan.
Yakunlangan mavsumda Lunin Ispaniya chempionatida atigi ettita uchrashuvda m aydonga tushdi va ettita gol o‘tkazib yubordi.
Alvaro Odriosola esa, La Ligada uch marta ko‘rinish berdi xolos.
Fikrlar