Anchelotti Ikardini qabul qilmadi

  • 28 noyabr, 2023, 16:39
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

“Real”ning asosiy hujumchisi Vinisius Junior jarohat olib, uzoq muddatga safdan chiqqani bois, madridliklar uning o‘rniga hujumchi qidira boshladi.

Vaziyatdan foydalanib qolishga harakat qilgan Mauro Ikardi agentlari hujumchining xizmatini “Qirollik klubi”ga taklif qildi.

Biroq, jurnalist Gilermo Raining ma’lum qilishicha, “Real” bosh murabbiyi Karlo Anchelotti va murabbiylar shtabi ayni paytda “Galatasaroy”da o‘ynayotgan argentinalik forvardni jamoaga qabul qilmadi.

Mauro Ikardi o‘tgan mavsum Turkiya Superligasida ijara asosida o‘ynagan edi. “Galatasaroy” rahbariyati o‘tgan yoz uni PSJdan to‘liq transfer qildi.

Joriy mavsumda tajribali hujumchi milliy chempionatda 13 ta uchrashuvda 11 ta gol va to‘rtta assist muallifi bo‘ldi. Bundan tashqari, Evropa Chempionlar ligasida raqiblar darvozasini besh marotaba ishg‘ol qildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!