
Anchelotti hozir eng zo‘r futbolchi kim ekanini aytdi. Mbappe va Xolandga yo‘l bo‘lsin!
“Real” bosh murabbiyi Karlo Anchelotti Chempionlar ligasida “Liverpul” mag‘lub etilganidan keyin shogirdi Vinisius Juniorni dunyoning eng zo‘r futbolchisi ekanini aytdi.
- Men uchun Vinisius dunyodagi eng zo‘r futbolchi. U “Liverpul” bilan bahsda gol urgani yo‘q, lekin juda yaxshi o‘ynadi va yagona golga aniq pas uzatdi, - dedi Karlo Anchelotti.
Joriy mavsumda braziliyalik hujumchi madridliklar safida jami 40 ta uchrashuvda maydonga tushdi. Bu bahslarda raqiblar darvozasini 19 marotaba ishg‘ol qilib, jamoadoshlariga 10 ta golli pas uzatdi.
22 yoshli hujumchi “Flamengo” tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. 2018 yildan beri Madridda o‘ynayotgan to‘purarning shartnomasi 2024 yilning yozigacha tuzilgan.
Fikrlar