
Anchelotti: “Har kim o‘zicha baholaydi, ammo jamoam oxirigacha kurashdi”
“Barselona”ga qarshi 3:4 hisobidagi mag‘lubiyatdan so‘ng “Real” bosh murabbiyi Karlo Anchelotti jamoa himoyasi va o‘yin borasida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi:
“Bu to‘rtta mag‘lubiyat nima ko‘rsatdi, deb so‘rasangiz – javob juda oddiy: yaxshiroq himoyalanish kerak. Bugun bu juda ochiq-oydin bo‘ldi. Biz past turib emas, umuman olganda yaxshi himoyalana olmadik. Aslida yuqori chiziqda o‘ynab himoyalanish osonroq.
Bu uch oylik natija “Real”dagi ajoyib yillarga soya soladimi? Har kim o‘zini qiziqtirgancha baholaydi.
Biz 4:4 hisobini qayd etishga ikki marta yaqin bo‘ldik. Men ikki zo‘r jamoa o‘rtasidagi to‘qnashuvni ko‘rdim. Jamoamning fidoyiligidan shikoyatim yo‘q — oxirigacha kurashishdi" - deya ta’rif berib o‘tdi italiyalik mutaxassis.
Eslatib o‘tamiz, "qirollik klubi" navbatdagi uchrashuvini 14 maydan 15 mayga o‘tar kechasi soat 00:30 da "Malorka"ga qarshi bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.
Fikrlar