Anchelotti faoliyatini yakunlamoqchimi?

CHERY AUTO

"Real" bosh murabbiyi Karlo Anchelotti "qirollik klubi"dan keyin faoliyatini yakunlamoqchi ekanligini aytdi.

Tecno

"Ehtimol, "Real"dagi ushbu bosqichdan keyin faoliyatimni yakunlarman. Ammo klub yana 10 yil shu erda bo‘lishimni istasa, qolishga tayyorman.  

Nabiralarim bilan birga bo‘lishni, rafiqam bilan ta’tilga chiqishni xohlayman. Biroq men kechiktirishga majbur bo‘lgan ko‘p narsalar bor ... Avval bormagan joylarimga bormoqchiman. Masalan, hech qachon Avstraliya va Rio-de-Janeyroda bo‘lmaganman. Tez-tez singlimdan xabar olishni istayman. 

Afsuski, hamma narsaga ulgurishning iloji yo‘q, faoliyatimni yakunlagach, shular bilan shug‘illanaman", - dedi italiyalik murabbiy. 

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!