
Anchelotti: "Bugun Vinisiusdek hujumchi etishmadi"
Ispaniya La Ligasining 18-turidan o‘rin olgan bahsda "Real Madrid" "Sevilya" ustidan 4:2 hisobida g‘alaba qozondi. Mazkur uchrashuvdan so‘ng Karlo Anchelotti o‘yin va futbolchilar haqida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
"Bugun biz hujumda o‘zimizni yaxshi his qildik. Shunday bo‘lsa ham tarkibga Vinisiusdek muhim futbolchi etishmadi. Biroq, barcha o‘yinchilarim ajoyib o‘yin ko‘rsatishdi. Biz himoyadan hujumga tez va samarali o‘tdik, bu esa muvaffaqiyatga erishishimizga katta yordam berdi. Shu sababli, raqib maydonida ko‘proq xavfli vaziyatlar yaratdik.
Agar Mbappe haqida gapiradigan bo‘lsam, u kundan-kunga jamoaga moslashib, ko‘proq foyda bermoqda. Xatto, bunday golni bir necha tur oldin "Selta" darvozasiga ham kiritgan edi. 2024 yilni chiroyli yakunlaganamizdan albatta xursandman" - dedi italiyalik mutaxassis.
Ma’lumot o‘rnida, "qaymoqranglilar" navbatdagi o‘yinini 3 yanvar kuni "Valensiya"ga qarshi o‘tkazadi.
Fikrlar