
Anchelotti Benzema haqida gapirdi
"Real" Madrid bosh murabbiyi Karlo Anchelotti La Liganing ilk turidan o‘rin olgan "Alaves"ga (4:1) qarshi o‘yindan so‘ng frantsiyalik hujumchi Karim Benzema haqida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
“Benzema shunchaki hujumchi emas, u mukammal o‘yinchi. U kuchli xarakterga ega. Men olti yil oldin bilgan o‘yinchi bilan taqqoslaganda, u ancha takomillashgan, shuningdek xarakter jihatidan ham sezilargi kuchaygan”, - dedi italiyalik mutaxassis.
Benzema kechagi bahsda “Alaves” darvozasini ikki bor ishg‘ol qildi va dubl muallifiga aylandi.
“Real” navbatdagi uchrashuvini 23 avgust kuni safarda “Levante”ga qarshi o‘tkazadi.
Fikrlar