Anchelotti: Barchasi adolatli

  • 18 oktabr, 2022, 19:46
  • Makhmudov Jamshidbek
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Real Madrid" bosh murabbiyi Karlo Anchelottining fikricha, futbolchi Vinisius Junior "Oltin to‘p" uchun ovoz berishda haqli ravishda 8-o‘rinni egalladi. Eslatib o‘tamiz, "qaymoqranglilar" hujumchisi Karim Benzema sovrinni qo‘lga kiritdi.

Tecno

“Vinisius “Oltin to‘p” uchun ovoz berishda 8-o‘rinni egalladi? Barchasi adolatli. Hozircha u o‘zi uchun munosib o‘rinni egalladi.  Bu Viniga yanada yaxshiroq o‘ynashga undaydi", - deya fikr bildirdi Anchelotti.

Vinisius joriy mavsum "Real"ning La Liga doirasidagi 9 uchrashuvida maydonga tushib, o‘z hisobiga 5 ta gol va bitta golli uzatmani yozdirib qo‘ydi. Iyul oyida futbolchi 22 yoshga to‘ldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!