
Anchelotti Azarning jismoniy holati haqida gapirdi
"Real" Madrid klubi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti jamoaning belgiyalik hujumkor yarim himoyachisi Eden Azarning ayni damdagi jismoniy holati haqida gapirdi.
"Biz Edenning jismoniy holatini doimiy baholab boramiz. U “Valensiya”ga qarshi o‘yindan keyin yaxshi edi. U shu kuni yaxshi o‘yin ko‘rsatdi", - dedi italiyalik mutaxassis.
"Valensiya"ga qarshi o‘yinda Azar asosiy tarkibda maydonga tushirildi va 2-bo‘lim o‘rtalarida zaxiraga olindi. Shu kuni "Real" Vinisius va Benzemaning gollari evaziga safarda 2:1 hisobida g‘alaba qozondi.
Fikrlar