Anchelotti ajoyib natija qayd etdi

  • 20 fevral, 08:14
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Real” futbolchilari UEFA chempionlar ligasining pley-off bosqichi o‘tish o‘yinlarida “Manchester Siti”ni ikki bahs natijasiga ko‘ra, umumiy hisobda 6:3 hisobida engib, musobaqadagi yurishini davom ettiradigan bo‘ldi.

Tecno

Madriddagi uchrashuvda “Real” 3:1 hisobida zafar quchdi va bu bosh murabbiy Karlo Anchelotti uchun Chempionlar ligasidagi 123-g‘alaba sifatida qayd etildi.

Bu ko‘rsatkichga italiyalik mutaxassis 214 ta bahsda erishdi. Bundan tashqari, Anchelotti murabbiy sifatida 47 ta durang va 44 ta mag‘lubiyat qayd etgan.

Shu tariqa, Anchelotti UEFA Chempionlar ligasi tarixida eng ko‘p g‘alaba nishonlagan murabbiyga aylandi.  65 yoshli mutaxassis Chempionlar ligasidagi g‘alabalarni “Napoli”, “Bavariya”, PSJ, “Chelsi”, “Milan”, “Parma” va “Yuventus” murabbiyi sifatida qo‘lga kiritgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!