Anchelotti 800 talik dovondan oshdi

  • 20 sentabr, 2021, 17:28
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Real" Madrid klubi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti Evropaning kuchli beshlik chempionatlarida o‘zining yubiley uchrashuvini o‘tkazdi.

Tecno

Aniqrog‘i, La Liganing 5-turidan o‘rin olgan "Valensiya"ga (2:1) qarshi o‘yin 62 yoshli italiyalik mutaxassis uchun murabbiylik faoliyatidagi kuchli beshlik chempionatlarida o‘tkazgan yubiley 800-o‘yin bo‘ldi. U Ispaniyadan tashqari Italii, Angliya, Germaniya va Frantsiya chempionatlarida ham ishlagan.

Anchelotti murabbiylik faoliyati davomida "Milan" (283), "Yuventus" (84), "Real" (81), "Chelsi" (76), "Parma" (68), "Everton" (58), PSJ (57), "Napoli" (53) va "Bavariya" (40) klublarini boshqargan.

"Real" 5 ta turdan so‘ng La Liga musobaqa jadvalida 13 ochko jamg‘argan holda 1-o‘rinda bormoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!