
Ana xolos! "Yuventus" quyi ligaga badarg‘a qilinishi mumkin
"Yuventus" B Seriyaga ravona qilinishi mumkin.
Gap shundaki, turinliklar moliyaviy jinoyatlarda gumon qilinmoqda. Bu haqda advokat Mattia Grassaniga tayanib "Repubblica" nashri xabar berdi.
Ayni paytda klubga nisbatan jinoiy ish ochilgan va bu jamoa tarixidagi eng qiyin tergov bo‘lishi mumkin. Natija "keksa senoralar"ning quyi ligaga tushirib yuborilishi bilan tugashi taxmin qilinyapti.
Eslatib o‘tamiz, "Yuve" 2006 yilda korruptsiya mojarosi tufayli jazolangandi va B Seriyaga ravona bo‘lgan.
Fikrlar