Ana xolos: Vinisius “Real”da qolmoqchi emas...

  • 2 noyabr, 2024, 17:40
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Ispaniyaning amaldagi chempioni “Real” o‘yini tobora ochilib borayotgan Vinisius Junior bilan hamkorlikni uzaytirishni istayapti.

Tecno

Bunga bir necha sabab bor. Birinchidan, o‘tgan mavsumda 24 yoshli futbolchi klub rahbariyatini jamoaga natija va foyda keltira olishiga ishontirdi.

Ikkinchidan, klub mutasaddilari jamoaga Kilian Mbappe kelgani uchun Vinisius o‘zining qadri va ahamiyati pasaygan, deb hisoblashini xohlamayapti.

Uchinchidan, “Real” yangi bitim orqali Vinisius Juniorga Saudiya Arabistoni klublarining da’vo qilishining oldini olmoqchi.

Biroq,  Relevo nashrining ma’lum qilishicha, braziliyalik hujumchining o‘zi kelajagini “Qirollik klubi” bilan bog‘lashga shoshilmayapti. Vinisius Junior o‘ziga qaratilayotgan e’tibor uchun minnatdorlik bildirayotgan bo‘lsa-da, kelishuvni qabul qilish bo‘yicha bir to‘xtamga kelgani yo‘q. Uning amaldagi bitimi 2027 yilning yozigacha davom etadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!