Ana xolos! Urugvayning ikkki o‘yinchisi butunlay futboldan chetlatilishi mumkin

  • 25 dekabr, 2022, 08:31
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

FIFA tartib-intizom qo‘mitasi Urugvay terma jamoasi futbolchilari Edinson Kavani va Xose Mariya Ximenesni olti oyga diskvalifikatsiya qilishi mumkin.

Tecno

Qo‘mitaning yakuniy qarori fevral oyi oxirida ma’lum bo‘ladi. Diskvalifikatsiya muddati va shartlari qo‘llanadigan qoidalar bandiga bog‘liq.

Agar urugvayliklar qoidalarning 12.3 bandiga muvofiq xazolansa, ikkala futbolchi ham terma jamoanig 10-15 o‘yiniga chetlatiladi va 12.4 band qo‘llanilsa, janubiy amerikaliklar nafaqat terma jamoada, balki, o‘z kulblarida ham maydonga tusha olmaydilar.

Urugvay Ganaga qarshi bahsda yana bitta to‘p kiritganida, Janubiy Koreyadan yaxshiroq natija bilan qayd etgan holda pley-off bosqichiga chiqishi mumkin edi. Uchrashuvning so‘ngida hakam afrikaliklar darvozasiga penalti belgilamadi, bu esa mojaroga sabab bo‘ldi. Kavani o‘yin tugagach, VAR monitorini tepdi, Ximenes esa, FIFA vakillaridan birini turtib yubordi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!