
Ana xolos! "Uotford" darvozaboni Angliya kubogi finalida o‘ynashdan bosh tortmoqchi
"Uotford" klubi darvozaboni Ben Foster Angliya kubogi finalida o‘z joyini zaxira darvozaboni Eurelio Gomesga bo‘shatib bermoqchi.
“Finalda o‘ynashdan bosh tortaman, bunga ishonchim komil. Gomes ushbu o‘yinda ishtirok etishga munosib. U bizni uyaltirib qo‘ymaydi”, - deydi Foster.
Eslatib o‘tamiz, murabbiylarning qaroriga ko‘ra Foster APL uchrashuvlarida, Gomes esa kubok o‘yinlarida darvozani qo‘riqlashi belgilab qo‘yilgan. Ammo, “Manchester Siti”ga qarshi o‘yinda “Uotford” murabbiylari nisbatan tajribaliroq bo‘lgan Fosterni maydonga tushirishga qaror qilishlari ham mumkin. Shu bois Foster adolat nuqtai nazaridan ushbu bahsda ishtirok etmaslikni rejalashtirmoqda.
Ma’lumot uchun, “Manchester Siti” va “Uotford” jamoalari o‘rtasidagi final bahsi 18 may kuni bo‘lib o‘tadi.
Fikrlar