
Ana xolos! UEFA Chempionlar ligasi finalini Turkiyadan olib qo‘ymoqchi
Turkiyada 14 may kuni bo‘lib o‘tadigan prezidentlik saylovlari bilan bog‘liq tartibsizliklar sababli, 10 iyun kuni Istanbulda o‘tkazilishi rejalashtirilgan Chempionlar ligasi finali boshqa davlatga ko‘chirilishi mumkin.
UEFA allaqachon shunga o‘xshash stsenariyni ko‘rib chiqmoqda.
Eslatib o‘tamiz, aslida Istambul 2020 yilgi finalga mezbonlik qilishi kerak edi. Ammo pandemiya tufayli ushbu mezbonlik Istanbuldan boshqa shaharga ko‘chirilgan edi.
Ayni damda Chempionlar ligasi yarim finalining ikki ishtirokchisi ma’lum bo‘ldi. Bular "Real" va "Milan". Bugun “Inter” – “Benfika” hamda “Bavariya” – “Manchester Siti” uchrashuvidan so‘ng yana ikki yarim finalchi nomi aniq bo‘ladi.
Fikrlar