
Ana xolos: Sitora Turdibekova ham musobaqani tark etdi
Xabaringiz bor, ayni kunlarda Angliyaning Liverpul shahrida boks bo‘yicha kattalar o‘rtasida jahon chempionati bo‘lib o‘tmoqda.
-60 kg da hamyurtimiz Sitora Turdibekova Qozog‘iston vakilasi Viktoriya Grafeevaga qarshi ringga ko‘tarildi. Keskin kurashlar ostida kechgan bahsda Turdibekova ochkolar evaziga mag‘lubiyatga uchrab, musobaqadagi yurishini to‘xtatdi.
Eslatib o‘tamiz, bizni oldinda yana bir yurtdoshimiz Oltinoy Sotimboeva va hindistonlik Nupur qarama-qarshiligi kutyapti.
Fikrlar