
Ana xolos! Ronalduga yangi superklub topildi
“Manchester Yunayted”ning portugaliyalik hujumchisi Krishtianu Ronaldu “Barselona” o‘yinchisiga aylanishi mumkin, deb xabar tarqatdi The Sun nashri.
Manbaning ta’kidlashicha, taniqli agent Jorje Mendesh Manchesterda “Barselona” rahbarlaridan biri bilan uchrashuv o‘tkazgan. Jurnalistlar bu suhbat Ronalduning transferi haqida bo‘lganini taxmin qilmoqda.
Krishtianu Ronalduning “Manchester Yunayted”dagi faoliyati kutganidek bo‘lmadi. Erik ten Xag kelganidan keyin portugaliyalik to‘purar asosiy vaqtini zaxirada o‘tkazmoqda.
Jorje Mendesh yozdan beri o‘z mijoziga yangi ish joyi qidiryapti. Yaqinda Devid Bekxem Ronalduni AQSh chempionatida qatnashayotgan “Inter Mayami” klubiga taklif qilib, yiliga 34 million evro maosh va’da qilgandi.
Fikrlar