Ana xolos: “Roma”ni Shomurodovni yaxshi ko‘radigan murabbiy boshqarishi mumkin!

  • 18 sentabr, 2024, 10:40
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 4
  • Futbol
CHERY AUTO

Joriy mavsumda yuqori o‘rinlar, xususan, kelasi mavsum uchun Evropa Chempionlar ligasiga yo‘llanma beruvchi kuchli to‘rtlikka kirish vazifasi yuklatilgan “Roma” chempionatni juda bo‘sh boshladi.

Tecno

Klubga egalik qiluvchi Fridkinlar oilasi Rim muxlislarining hurmatiga sazovor bo‘lish uchun o‘z jamoasini Chempionlar ligasiga olib chiqishni anchadan beri orzu qiladi. Bu yo‘lda ikki mashhur portugaliyalik murabbiylar – Paulo Fonseka va Joze Mourino ham olib kelindi. Biroq ular ham bu vazifani uddalay olmadi.

“Roma” 2024 yil boshida shov-shuvli tarzda Mourinonini iste’foga chiqarib, o‘rniga futbolchilik davrida “Roma” yoqimtoyi bo‘lgan va ayni paytda murabbiylik qilayotgan Daniele de Rossini taklif qildi.

Mourinodan qolgan jamoa o‘yinida ijobiy o‘zgarish qila olgan 41 yoshli mutaxassisga katta umid bog‘landi. Lekin yangi mavsumda jamoa dastlabki to‘rtta uchrashuvdan birortasida g‘alaba qozona olmaganidan keyin “Roma”ga katta yutuqlarni qo‘lga kiritishda tajribali bo‘lgan boshqa bosh murabbiy kerakligi haqida gap-so‘zlar tarqadi.

“Roma” faoliyatini muntazam yoritib kelayotgan nufuzli manba – romaforever.it bu masalani o‘rganib chiqdi va hozircha, jamoani boshqarishga ikkita jiddiy nomzod borligini ta’kidlamoqda.

“Yuventus” bilan aloqani uzgan Massimiliano Allegri hozir ishsiz yuribdi. “Milan” va “Yuventus”dagi faoliyati davomida g‘olib-murabbiy nomini olgan italiyalik mutaxassis har qanday jamoani kuchaytira oladi.

Biroq Allegrining xarakteri og‘ir. U juda qiziqqon murabbiy. “Roma” singari murakkab muhitga ega klubda ishlab keta olmaslik ehtimoli katta. Klubga egalik qiluvchi Den va Rayan Fridkinlar buni yaxshi biladi. Shu bois, ular oxirigi nuqtagacha boshqa murabbiyni ma’qul ko‘rishi aytilmoqda.

Manbaga ko‘ra, “Roma”ga eng mos murabbiy bu asli rimlik bo‘lgan Klaudio Raneri. Bu mutaxassis o‘tgan mavsum Eldor Shomurodov yordamida “Kalyari”ni yuqori divizionda olib qolganidan keyin klublar miqyosidagi murabbiylik faoliyatini yakunlaganini e’lon qilgan.

Lekin Raneri terma jamoadan taklif bo‘lsa, murabbiylik kursisiga qaytishga qarshi emas. Albatta, “Roma” terma jamoa emas.

Biroq “Roma” rahbariyati va muxlislari Ranerining klubga bo‘lgan mehri va e’tibori tufayli uni jamoani qabul qilib olishidan umidvor.

Qolaversa, Klaudio Raneri “Agar “Roma”dan qo‘ng‘iroq bo‘lsa, men “ha” deyishim kerak”, deganini hali hech kim unutgani yo‘q. Endi poytaxt “bo‘rilari”ga hurmati baland murabbiyning yordami kerak bo‘lyapti.

Shu o‘rinda, Klaudio Raneri Eldor Shomurodovni qadrlaydigan murabbiylardan ekanini aytish joiz. Bu mutaxassis “Kalyari”ni boshqargan paytda o‘z intervyularida jamoada o‘ynagan Eldor Shomurodovning mehnatkashligi, tezkorligi, chaqqonligi, o‘z ustida tinimsiz ishlashi, yuqori darajada o‘ynay olishini va maqsad sari kurasha oladigan mana shunday o‘yinchini qadrlashini  ko‘p bora ta’kidlagan.

Endi voqealar rivojini kuzatimiz...

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Mahmud Ttww
17/09/2024 12:36
Шома яхши ўйнаса ҳар қандай мураббий бўлгани билан иши бўлмайди, лекин ўйини пасайса ҳар қандай мураббий жойига михлайди.
&
Адхамжон Низомов
18/09/2024 20:51
Элдорга омад.
ХОЛМУРОДОВ АМИР
18/09/2024 14:31
Значить Романа.яна тозалаш бошланади янги мураббий нимани истайди
&
Азизжон
18/09/2024 06:51
Мураббийда нима гап УЗИ яхши уйнасин тамом э мураббий яхши курармиш