
Ana xolos! Ramzan Qodirov va Emelyanenko o‘rtasida jang bo‘ladimi?
Rossiya boks federatsiyasi bosh kotibi Umar Kremlyov boks qoidalariga muvofiq MMA jangchisi Aleksandr Emelyanenko va Checheniston rahbari Ramzan Qodirov o‘rtasida jangni tashkil qilishga tayyorligini bildirdi.
- Albatta, siz boks qoidalariga muvofiq jang qilishingiz kerak. Ramzan Axmatovich boks bilan shug‘ullangan va uni sevadi.
Men ushbu jangni qo‘llab-quvvatlashga va tashkil etishga tayyorman. Bu juda qiziqarli bo‘ladi, men ushbu tashabbusni qo‘llab-quvvatlayman ", -dedi Kremlyov.
Fikrlar