Ana xolos: Mbappe olti yilga qamalishi mumkin

  • 17 oktabr, 2024, 09:31
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Real” yulduzi Kilian Mbappe mojaroga aralashib qoldi. 25 yoshli futbolchi Stokgolmda qizga nisbatan zo‘ravonlik qilganlikda ayblanmoqda.

Tecno

Cerfia nashrining ma’lum qilishicha, agar Kilian Mbappening aybi isbotlansa, Shvetsiya qonunlariga ko‘ra, futbolchi olti yilga qamalishi mumkin.

Manbaga ko‘ra, futbolchining nomi jinoiy ish doirasida gumondor sifatida tilga olinmoqda. Shvetsiya politsiyasi ushbu ish bo‘yicha surishtiruvlarni boshlab yuborgan. Biroq Kilian Mbappe gumondor ekani haqida biror rasmiy ma’lumot berilgani yo‘q.

Mbappe o‘tgan yoz erkin agent sifatida Madrid superklubiga ko‘chib o‘tgan edi. “Real” safida barcha turnirlarda 11 ta o‘yin o‘tkzib, o‘z hisobiga ettita gol va bitta assist rasmiylashtirdi.

Kilian Mbappe bor e’tiborini “Real”ga qaratishi va Frantsiya terma jamoasi safida faqat muhim uchrashuvlarda qatnashish istagini bildirganidan keyin keskin tanqidlarga nishon bo‘lmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!