
Ana xolos: “Manchester Yunayted” Erik ten Xagni haydashi kutilmoqda
“Manchester Yunayted” rahbariyati bosh murabbiy Erik ten Xag bilan yozda shartnoma uzaytirilganiga qaramay, undan voz kechishi kutilmoqda.
The Guardian nashrining yozishicha, niderlandiyalik mutaxassis jamloa bilan rahbariyatni hayratga soladigan natijalarni qo‘lga kirita boshlasa, lavozimidan ozod qilinadi.
Klub xo‘jayinlari jamoaning o‘yin uslubi ularni qoniqtirmayotganini ochiq aytmoqda. Erik ten Xag targ‘ib qilayotgan o‘yin uslubi klubning futbol departamenti tomonidan chuqur tahlil qilinmoqda.
Manchesterliklar dastlabki uchta uchrashuvdan ikkisida mag‘lub bo‘ldi. Jamoa atigi ikkita to‘p kiritgan va eng kam gol urgan jamoalardan biri hisoblanadi.
Fikrlar