Ana xolos! "Manchester Yunayted" 12 nafar futbolchisi bilan xayrlashishga tayyor

  • 26 iyun, 2023, 10:21
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Manchester Yunayted" rahbariyati 12 nafar futbolchi bo‘yicha takliflarni tinglashga tayyor.

Tecno

Daily Mail xabariga ko‘ra, "qizil iblislar" Jeydon Sanchoni 45 million funtga, Xarri Maguayrni 40 million funtga, Antoni Marsyalni 25 million funtga, Skott Maktomineyni 40 million funtga, Fred, Donni van de Bek va Antoni Elanguni 20 million funtga, Aleks Tellesni 10 million funtga, Erik Bayini 2 million funtga, Brendon Uilyamsni 5 million funtga, Annibal Mejbrini 13 million funtga qo‘yib yuborishga rozi.

"Manchester Yunayted" "Nottingem Forest" bilan darvozabon Din Xendersonni 15 million funt sterlingga sotib olish masalasini muhokama qildi, ammo David De Xeaning kelajagi borasida noaniqlik tufayli bu kelishuv haligacha so‘roq ostida qolmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!