Ana xolos: Levandovski La Liga va ispan jamoalarini qattiq tanqid qildi

  • 3 sentabr, 2023, 17:33
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Barselona” hujumchisi  Robert Levandovski Ispaniya chempionatidagi hakamlik va jamoalarning o‘yin uslubini keskin tanqid qildi.

Tecno

- La Liga etarli darajada jozibador va hujumkor emas. Hakamlar o‘yinni o‘ldiryapti. Men Ispan jamoalari bu qadar ishtiyoqsiz o‘ynashini bilmagan ekanman, - dedi polshalik mashhur to‘purar Forbes nashriga fikr bildirib.

Levandovski o‘tgan yili yozda “Bavariya”dan “Barselona”ga ko‘chib o‘tgan edi. O‘tgan mavsumda tajribali hujumchi barcha turnirlarda 44  marotaba maydonga tushib, o‘z hisobiga 33 ta gol va sakkizta assist rasmiylashtirdi.

Robertning Kataloniya klubi bilan shartnomasi 2026 yilning 30 iyunigacha amal qiladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!