
Ana xolos: Klopp “Liverpul”dan ketib, “Barsa”ni boshqarishi kutilyapti
“Liverpul” bosh murabbiyi Yurgen Klopp mavsum tugaganidan keyin jamoadan ketishi va och qolsa ham, Angliyaning biror jamoasini boshqarmasligini ma’lum qildi.
Bu vaziyatdan “Barselona” rahbariyati foydalanib qolmoqchi. Kataloniyaliklar jamoani Xavi Ernandesdan olib, germaniyalik mutaxassisga topshirmoqchi.
Sport nashrining yozishicha, “Barselona” xo‘jayin Joan Laporta jamoaga Yurgen Kloppni olib kelishni orzu qilmoqda. Shu bois, kataloniyaliklar tajribali murabbiyga taklif bilan chiqmoqchi.
Yurgen Klopp liverpulliklar jamoasini 2015 yildan beri uzluksiz boshqarib kelmoqda. Uning qo‘l ostida jamoa jami ettita sovrinni qo‘lga kiritgan.
Fikrlar