
Ana xolos! Gyuler jarohati sabab AQShdan Madridga qaytarib yuboriladi
"Real" futbolchisi Arda Gyuler jarohat olgani haqida xabar bergan edik. Ma’lum bo‘lishicha, futbolchining jarohati kutilganidan jiddiy bo‘lib chiqqan.
Klub rasmiy saytidagi xabarga ko‘ra, Arda o‘ng tizzasini shikastlab olgan. U yaqin soatlar ichida Madridga uchib ketadi va o‘sha erda davolanish ishlari davom ettiriladi.
Ma’lumot o‘rnida, bugun AQShdagi yig‘in doirasida "Real" tungi vaqt 02:00 da "Barselona"ga qarshi bahs olib boradi. Tabiiyki, Gyuler bu o‘yinda "qirollik klubi"ga yordam bera olmaydi.
Fikrlar