Ana xolos! Engilmas bokschi faoliyatini yakunlamoqchi

  • 31 iyul, 12:59
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

Boks agenti, insayder va maslahatchi Rik Gleyzerning ma’lum qilishicha, 30 yoshli taniqli charm qo‘lqop ustasi Jervonta Devis (30-0-1, 28 KO) professional bokschi sifatidagi faoliyatini yakunlamoqchi.

Tecno

"Juda ishonchli manbalardan olingan ma’lumotlarga ko‘ra, Baltimorning eng yaxshi bokschilaridan biri nafaqaga chiqmoqchi. Jervonta Devis musobaqalarda boshqa qatnashmaydi. Aytishlaricha, u shunchaki boksdan charchagan va ketishga qaror qilgan”, — deb yozdi Gleyzer X (sobiq Twitter) ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida.

Eslatib o‘tamiz, Devis 1 mart kuni o‘tkazilgan boks oqshomida Lamont Roachga qarshi ringga ko‘tarilib, durrang natija qayd etgandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!