
Ana xolos! Anchelotti Azarni transferga qo‘ydi!
Katta umidlar bilan “Real”ga olib kelingan Eden Azar tez orada o‘ziga yangi jamoa topishiga to‘g‘ri keladi.
Mirror nashrining xabar qilishicha, “Qirollik klubi”ni qabul qilib olgan Karlo Anchelotti avvalgi bosh murabbiy Zinedin Zidandan farqli ravishda belgiyalik yarim himoyachiga ishonch bildirmoqchi emas.
Shu bois, klub rahbariyati Azarni transferga qo‘yishga qaror qildi. Qolaversa, klub rahbariyatini ham 115 million evroga olingan futbolchining 2018 yildan beri atigi 43 ta uchrashuvda qatnashib, beshta gol urgani umuman qoniqtirmayapti.
Mutaxassislarning ta’kidlashicha, Eden Azar avvalgi jamoasi “Chelsi”dan qo‘nim topishi mumkin.
Fikrlar