
Ana xolos! Aguero faoliyatini yakunlashga qaror qildi
"Barselona" hujumchisi Serxio Aguero futbolchilik faoliyatini yakunlashga qaror qildi. Bu haqda jurnalist Fabritsio Romano xabar berdi.
Ma’lum bo‘lishicha, uning bu qarorga kelishiga yuragidagi muammolar sabab bo‘lgan. 33 yoshli goleadorga yurak aritmiya tashxisi qo‘yilgan. U bu xabarni kelgusi hafta matbuot anjumanida rasman e’lon qilishi kutilmoqda.
Qayd etish joiz, Serxio faoliyati davomida 808 ta o‘yin o‘tkazib, 420 ta gol va 137 ta golli uzatma amalga oshirgan. Shuningdek, turli jamoalarda 18 marotaba sovrin qo‘lga kiritgan.
Fikrlar