
Ana xolos! Agar "Barselona" Raboni sotib olmasa, unga pul to‘laydi
PSJ xavbeki Adrien Rabo agar "Barselona"ga o‘tmasa, kataloniyaliklardan ma’lum miqdorda tovon puli oladi.
AS nashri tarqatgan xabarga ko‘ra 24 yoshli frantsiyalik futbolchi va “ko‘k-anor ranglilar” o‘rtasida o‘zaro og‘zaki kelishuv bo‘lgan. Unga ko‘ra agar “Barselona” futbolchi bilan shartnoma imzolashdan bosh tortsa, buning uchun tovon puli to‘lashiga to‘g‘ri keladi.
Ta’kidlash kerakki, Rabo ayni damda “Barselelona”dan yiliga 15 mln evro maosh talab qilmoqda. Bundan tashqari u shartnoma imzolagani uchun bonus sifatida yana 15 mln evro so‘ramoqda. Kataloniyaliklar esa unga buncha pul to‘lashni xohlashmayapti.
Eslatib o‘tamiz, Rabo oy so‘nggida erkin agentga aylanadi. Unga shuningdek “Yuventus” ham qiziqish bildirmoqda. Biroq, uning PSJda qolish varianti ham haqiqatga yaqin.
Fikrlar