
Ana holos! "Barselona" futbolchisi zaxiradan maydonga tushishdan bosh tortdi
"Barselona" yarim himoyachisi Filippe Koutino La Liganinng 13-turidan o‘rin olgan "Selta"ga qarshi uchrashuvning ikkinchi bo‘limida o‘ynashni xohlamadi.
Kataloniya klubi zaxira o‘rindig‘i yonida bo‘lgan jurnalistning xabariga ko‘ra, braziliyalik ikkinchi bo‘lim avvalida mashg‘ulot o‘tkazdi, biroq maydonga tushishni istamagan.
Vaqtincha murabbiy vazifasini bajarayotgan Barxuan matbuot anjumanida bu borada berilgan savolga javob berdi:
"Men mashg‘ulot o‘tkazayotgan futbolchilarga ham, zaxira o‘rindig‘idagilarga ham e’tibor bermayman. Men o‘yinni tomosha qilaman va bu katta mas’uliyat", - dedi Barxuan.
Eslatib o‘tamiz, ushbu bahsda "Barsa" birinchi bo‘limda 3:0 hisobida g‘alaba qozona turib, yakunda 3:3 hisobidagi durang natija qayd etdi.
Fikrlar