"An-Nasr" "Barselona"ning yosh iste’dodini ko‘z ostidan o‘tkazmoqda

  • 12 sentabr, 02:24
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Barselona" yarim himoyachisi Mark Bernal Saudiyaning "An-Nasr" klubi radaradiga tushdi. Er-Riyod jamoasi transfer oynasi 23 sentyabrgacha ochiq bo‘lgani sabab, yaqin kunlarda 18 yoshli iste’dodli futbolchini olishga harakat qilishi mumkin.

Tecno

"Barca Universal" nashrining xabar berishicha, saudiyaliklar jamoaning o‘rta chizig‘ini kuchaytirishni maqsad qilishgan. Biroq bitimni amalga oshirish oson emas — "Barselona" bosh murabbiyi Xans-Diter Flik Bernalga ishonmoqda.

Yosh ispan yarim himoyachisi so‘nggi yilda jiddiy jarohat — tizza svyazkasi uzilishi tufayli maydondan uzoqqa qolgandi.

Eslatib o‘tamiz, Transfermarkt portali uning bozor qiymatini 5 million evro deb baholamoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!