
Amorim Xoylundning o‘yinidan mamnunmi?
"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Ruben Amorim jamoa hujumchisi Rasmus Xoylundning "Vest Xem"ga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvidagi o‘yinidan katta taassurot oldi.
Uchrashuv shanba kunidan yakshanbaga o‘tar kechasi bo‘lib o‘tdi va "qizil iblislar"ning 2:1 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi. Mankunianliklar sardori Brunu Fernandesh dubl muallifiga aylandi.
Daniyalik forvard asosiy tarkibda maydonga tushdi va 66-daqiqagacha o‘yinda qatnashdi. Uning harakatlarini esa portugaliyalik mutaxassis baholadi:
"Menga Rasmusning o‘yini juda yoqdi: uning yugurishlari, duellardagi ishtiroki, jamoadoshlari bilan o‘zaro tushunishi. U ajoyib ish qildi" – dedi manchesterlilar murabbiyi matbuot anjumanida.
Eslatib o‘tamiz, Rasmus o‘tgan mavsum Premer-ligada 32 ta uchrashuvda maydonga tushib, 4 ta gol urgan edi.
Fikrlar