Amorim MYuning mavsumdagi birinchi g‘alabasi haqida fikr bildirdi

  • 30 avgust, 22:04
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Ruben Amorim mavsumdagi ilk g‘alabadan so‘ng o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi. "Qizil iblislar" Premer-ligada "Byornli"ni 3:2 hisobida mag‘lub etishdi.

Tecno

- Gap uch ochko haqida ketyapti. O‘yinga qaraydigan bo‘lsak, birinchi bo‘limda hal qilib, keyin nazorat qilishimiz kerak edi. Ammo biz so‘nggi daqiqagacha g‘alaba uchun kurashdik, chunki vaziyatni haddan tashqari murakkablashtirib yubordik. Qarang, birinchi bo‘limda bizda qancha vaziyatlar bo‘ldi. O‘yinni nazorat qila oladigandek edik. Lekin keyin bitta uzatma, bitta standart... Futbolda ba’zan shunday bo‘ladi.

- Endi bizda 2 hafta vaqt bor. Biz bu o‘yinda g‘alaba qozonishimiz kerak edi, ammo hali ko‘p ish qilishimiz kerak, - deya Amorimning so‘zlarini keltirdi BBC.

"Manchester Yunayted" navbatdagi o‘yinini 14 sentyabr kuni "Manchester Siti" mehmoni bo‘ladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!