Amorim “Manchester Yunayted” o‘yinchisining hafsalasini pir qildi

  • 10 yanvar, 19:50
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Manchester Yunayted” rahbariyati jamoaning qoniqarsiz natijalari ortidan niderlandiyalik bosh murabbiy Erik ten Xag o‘rniga noyabr oyida Ruben Amorimni olib keldi.

Tecno

Portugaliyalik mutaxassis jamoaga kelganidan keyin manchesterliklarning eng istiqbolli o‘yinchilaridan hisoblangan Alexandro Garnachoning ishlari yurishmay qoldi.

Nafaqat asosiy tarkib, balki ayrim uchrashuvlarining qaydnomasiga ham kiritilmayotgan 20 yoshli hujumkor futbolchining bosh murabbiy Amorimdan hafsalasi pir bo‘lgan.

Transfer News Live va Daily Express kabi manbalarning ma’lum qilishicha, Garnacho tezroq jamoani tark etmoqchi.

Transfermarkt portali tomonidan 50 million evroga baholanayotgan argentinalik futbolchi 2020 yili “Atletiko”dan Manchesterga kelganidan beri asosiy jamoada 115 ta uchrashuv o‘tkazib, 23 ta gol va 23 ta assist qayd etgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!